мои бабушка и дедушка - гордость махалли
Сочинение Суюновой Шахло Студентки 2-курса Педагогического колледжа г. Самарканда Мои дедушка и бабушка – гордость махалли! План: 1. Вступление. 2. Роль дедушки и бабушки в махалле. 3. Роль в воспитании молодого поколения. 4. Роль дедушки и бабушки в семье. 5. Заключение. Уже солнце, излучая свет и тепло, заливает все яркими красками и птицы, распевая на зеленых майских ветках радостные песни, свидетельствуют о приходе нового дня. Все уже идет по заведенному обычаю, который вот уже многие годы соблюдается этими двумя благообразными стариками: они оба проснулись ни свет, ни заря, вышли во двор, и бабушка Садорат, оставаясь преданной своей привычке, помогла моему папе с лепешками в тандыре. Затем, пока бабушка принялась ухаживать за благоухающими цветами, которые радуют глаз всех гостей, посещающих наш дом, дедушка Суюн принялся за сад. Он постриг виноградник, убрал сухие ветки с деревьев, подпел нотку другую горлице и прошелся по саду. Сад у нас огромный и хорошо плодоносит. Он радует сочными фруктами не только нас, внуков, но и всех задорных ребятишек махалли, а также их мам, которые варят банки варенья и джема и закрывают компоты на зиму. А после все уселись за завтрак; как подобает каждой узбекской семье, на столе горячие лепешки, испеченные в тандыре, белоснежный каймак и ещё много всего разнообразного. Вот уже почти 50-лет мои дедушка и бабушка живут вместе, сопереживая радость и горе, богатство и безвыходность. С каким бы стечением обстоятельств не сталкивала их судьба, они продолжают идти бок о бок по своему жизненному пути и радоваться жизни вместе детьми и внуками. Сверх всякого ожидания друзей и недругов, все обернулось для них довольно счастливо и благополучно, и сегодня они глубокоуважаемые старики нашей махали. По роду своих занятий они оба были обычными работниками на одной из фабрик Самарканда, при всем при том все знают их за честнейших, полных добродетелей людей, всегда готовых помочь своими советами. Ни одно мероприятие не проходит без их участия: будь то свадьба, какой-либо праздник или собрание. Они всегда делятся своими полезными, дельными советами, которые порой становятся незыблемыми законами для нашей махалли. Вот, например, по инициативе бабушки вошло в привычку каждое утро приводить в порядок, в цветущее, радующее глаз состояние улицы и дворы махали. Кроме того, по инициативе дедушке по улицам махалли проложили асфальтовую дорогу. Сегодня воскресенье. Дедушку и бабушку пригласили на собрание в махаллю. Как мне стало известно, намечаются две знаменательные даты: 9-ое мая – День памяти и почестей и свадьба двух молодых людей нашей махали. Да, там без них точно не обойдутся, так как они самые почитаемые аксакалы махалли. Несомненно, их советы направят на правильный путь ход событий, иногда они даже помогают спустить с дыбы наземь некоторых пылких, задористых молодых людей. Не оценим их вклад в воспитании молодежи нашей махали. У моей бабушка есть кружок вышивания. Так, оставаясь преданной многовековым традициям, она учит девушек и женщин нашей махалли к искусству вышивания — «кашта». Этот род занятия, по словам бабушки, помогает развить эстетические качества, вкусы женщин и девушек, а также их умение создавать и понимать прекрасное. А дедушка, в то время, занимается деревьями махали. Он учит молодых людей как правильно за ними ухаживать, тому как правильно их надо сажать. Пользуясь случаем, он рассказывает разные поучительные истории, тем самым обогащая духовный мир молодых людей. Кроме того, в силу своей активности, дедушка и бабушка, несмотря на их почтенный возраст, любят устраивать поездки. Например, недавно они с другими людьми почтенного возраста нашей махали организовали поход в горы, а точнее в загадочную пещеру «Хазрати Довуд». А до этого, бабушка со своими подругами успела посетить достопримечательности Бухары. Мои дедушка и бабушка вырастили вместе семерых славных детей: шестерых сыновей и дочку, наполняя их сердца любовью и заботой. На сегодняшний день они являются примером для подражания не только для молодых семей, но и для других взрослых семьянинов. Кроме того не оценим их вклад и в воспитании своих внуков, в частности и меня, моих сестер и младшего брата. Мы всегда прислушиваемся к их духовным наставлениям. Таковы, например, наставления о Родине: «Её не выбирают, Родина – это частичка твоего, нашего сердца, земля, на которой тебя всегда поддержат, и где тебя по-настоящему любят», говорят они нам. Вспоминая тяготы вчерашнего дня, они не устают твердить, что независимость – это не дар небес, что её добивались трудом и потом. Они с особой надеждой смотрят на происходящие перемены в нашем независимом государстве. Объявление 2015 года «Годом заботы о старшем поколении» глубоко затронул чувства моих дедушки и бабушки. Чтобы идти в ногу со временем, мой дедушка читает газеты. Так, на его рабочем столе вы всегда можете найти новый выпуск газеты «Народное слово». Также, вместе с бабушкой они смотрят программу новостей «Ахбарот», «Давр»… Так, мои дедушка и бабушка, занимают почтенное место не только в нашей большой семье, но и во всей махалле «Ёшлар» города Самарканда. Объявление 2015 года «Годом внимания и заботы о старшем поколении» является возможностью для проявления любви и уважения к нашим дедушкам и бабушкам, возможность показать не заменимости их роли в нашей жизни. Цените своих дедушек и бабушек. Суюнова Шахло Ахатовна студентка 2-курса самаркандского педагогического колледжа; тел. +99866 234-21-76
Тел. участницы: +998902125921; +998662390315
Mening bobom, buvim - mahallamiz faxri
Insho. Mening bobom, buvim — mahallamiz faxri Reja: 1.Kirish. Qarili uy-fayzli uy. 2.Asosiy qism: 1.Yurtboshimiz tomonidan keksalarga qaratilgan e’tibor. 2.Mehridaryo buvijonginam… 3.Xulosa.Ajdodlarga munosib farzand bo’laylik! Qari bilganni-pari bilmas. (Xalq og’zaki ijodi) Olloh o’n sakkiz ming olamni yaratar ekan, unda odamzod uchun qadrli bo’lgan yagona narsalarni ham yaratgan. Misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: inson kindik qoni to’kilgan muqaddas zamin-Vatan, bizni oq yuvib, oq taragan, halol mehnat ila non-tuz bergan-ota-onamiz, hammamiz uchun birdek qadrli bo’lgan, sho’xliklarimizga qaramay, bizdan o’z mehrlarini ayamagan, mehridaryo-bobojon va buvijonlarimiz bu keng jahonda yagonadir. Men bu kunlarga qanday yetib kelganimni yaxshi bilaman: men bu tinch kunlarga, albatta ,nasihatgo’ylarimiz biz haqimizda doimo qayg’uruvchi “Danagidan magzi shirinda” -deb bizni erkalovchi bobojon va buvijonlarimizning mehnatlari samarasidir. Sababi, ularning harakati, sabr-matonati, baquvvat irodalari tufayli shunday erkin Vatan qo’ynida o’ynab ,yashnab, o’z iste’dodlarimizni yaqqol namoyon qilmoqdamiz. Bu uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud. Bularning barchasi kimning sharofati bilan? Albatta, yurtboshimiz va keksalarimizning tinimsiz mehnatlari sharofati bilan. Har bir o’zbek xonadonida ,jumladan, bizning mahallamizda yuzlab xonadon bo’lib, shulardan ko’pchiligi nasihatgo’ylari bilan birga istiqomat qilishadi. Bizning uyda ham, mendan hech qachon ma’nosi asrlarga tatigulik, serqirra so’zlarini ayamaydigan mehri limmo-lim bo’lgan bobojonnim va buvijonim biz bilan birga yashaydilar. Dono xalqimiz bejizga:”Qarili uy-fayzli uy”, -deb aytmaydi. Negaki, xonadonda yoshi ulug’ insonlar bo’lsa, bu nurli xonadondan qut-baraka, tinch-totuvlik, fayz, ahillik va inoqlik arimaydi. Sababi, ular hayotning past-u balandini bizdan ko’ra ko’proq ko’rganlar va agarda biz qoqilajak bo’lsak, ular bizga yordam qo’lini cho’zib, hamisha bizni to’g’ri yo’l sari yetaklaydilar. Ammo ,ba’zi insonlar keksayib qolgan ota-onalariga e’tibor qilmay, insonni ulug’lovchi muqaddas burchlardan biri bo’lmish farzandlik burchini suviste’mol qiladilar. Hattoki, bir og’iz so’zlarini ulardan ayaydilar. Aslida, ularga bizning olib keladigan qimmatbaho narsalarimiz also kerak emas. Ular uchun ozgina e’tibor va bir og’iz shirin so’zimiz kifoya. Barchamizga ma’lumki, yurtboshimiz tomonidan 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi. Ayniqsa, bu yilda keksalarga bo’lgan e’tibor yanada oshdi. Jumladan, yurtboshimiz tomonidan ular uchun bir martalik pul mukofoti berildi va “Jasorat” ko’krak nishoni ta’sis etildi. Ularning sog’ligiga bo’lgan e’tibor yanada oshdi. Chet davlat vakillaridan turli yo’nalishdagi fan nomzotlari va professor kabi o’z ishining ustalari bu xayrli ishga safarbar etildi. Ko’p sonli keksalarimiz sog’liklarini qayta tiklash mqasadida, turli xildagi sanatoriylarga ,misol uchun-Buxora shahrida joylashgan “Sitora-yi Mohi Xossa”,”Chimyon” kabi tog’li hududda joylashgan sanatoriylarga borib, sog’liklarini qayta tiklab, misoli yoshargandek bo’lib kelmoqdalar. Keksalarni e’zozlash nafaqat tumanimizda, balki, maktablarda ham o’tkazilayotgan keng qirrali smenar-treninglar orqali yaqqol namoyon bo’lmoqda. Jumladan, bizning maktabimizda ham qariyalarni e’zozlashga qaratilgan turli xildagi yig’ilishlar ,asosan, haftaning juma kunida o’tkaziladi. Bundan tashqari, biz o’quvchilar haftaning boshqa kunlarida dasrdan bo’sh vaqtlarimizda o’qituvchimiz bilan maktabimiz atrofidagi shu jumlada ,qarovsiz qolgan keksalarning uylariga borib, ularning hol-ahvolidan habardor bo’lib, uy yumushlariga va hovli ishlariga ularga ko’maklashamiz. Misol uchun-biz 8-“A” sinf o’quvchilari 8-may kunida maktabimiz yaqinida joylashgan hovliga qadam ranjida qildik. Bu fayzli hovliga maktabimizda ancha oldin ishlagan, urush yillarida o’zga mamlakatlarda jang bo’layotgan bir pallada jajji qalb egalarini bilim ummoniga hanuzgacha chorlashdan charchash nima bilmagan 80 yoshli ona tili va adabiyot fan o’qituvchisining holidan xabar olishga bordik. Nafaqaga chiqqan o’qituvchimiz bilan suhbat qurib, bir qancha oltindan-da qimmatli bo’lgan saboqlarga ega bo’ldik. O’zingiz bir o’ylab ko’ring, keksalarni e’zozlash, ularning og’irini yengil qilish va ularga doimiy ravishda ko’maklashish bu har birimizning insoniy va farzandlik burchimkizdir. Qaysi mamlakatda ularni shu darajada e’zozlaydilar,ularga atab yil nomi beradilar? Bularning asoschisi, albatta, yurtboshimizdirlar. Azaldan” Qari bilganni-pari bilmas” degan naql bejiz emas. Bu, albatta, bejiz aytilmagan. Yoshi kattalar hayotning past-u balandini bizdan ko’ra ko’proq ko’rib, uning achchiq shirin va totli ne’matlarini biz yoshlardan ko’ra ko’proq tatib ko’rganlar. Bunday insonlar yonimizda bo’lishi ,albatta, katta baxtdir. Sababi, ular bizni kelajakda yo’l qo’yadigan xatolarimizdan qaytarib, hayotimizni yaxshilaydilar… Qani endi hayot mana shunday bir tekis, farovon ketganda… Suygan insonlarimiz doimiy yonimizda turib, bizga dalda berib turganlarida edi… Ammo, inson boqiy emas. Afsuski, shu vaqt kelguncha, ularning mehriga to’yib olsak edi… Hayot charxpalak singari tekis aylansa ham, ammo ,uning suv oladigan idishlari hamma vaqt ham bir me’yorda to’lmas ekan ,ba’zida u tegirmon singari aylanib, seni borayotgan yo’lingdan ag’darib tashlashi ham mumkin. Mana shunday holatga tushgan insonlarning ba’zilari oyoqqa turib, yo’lida davom etishi, ba’zilari esa og’ir kasallikka chalinib, chekinib ortga qaytishi mumkin. Mening mehribon va aziz buvijonim esa bunday emaslar. Nazira opa, ya’ni buvijonimning boshlariga qanday og’ir sinovlar tushgan bo’lsa ham ,yashash ,oldinga intilish ishtiyoqi so’nmagan. Ammo qalblaridagi hayotning og’ir zarbalaridan tig’langan xanjar qoldirgan asorat esa bitmagan edi.Bu yaralangan qalbga og’ir xotiralar tuz sepib, yangilanib turardi. Har dardning davosi bor deganlaridek, bu yaralangan qalbning davosi ham vaqt va Ma’ruf bobo, ya’ni bobojonimning ko’maklari edi. Ular qancha dalda bo’lmasinlar, ammo og’ir xotiralar qalbni yemirar edi. Ha, hayotda shunday og’ir va davosiz kasalliklar ham bor ekan. Ayrim kasalliklarning davosi, hanuzgacha jumboqligicha qolmoqda. Buvijonimning boshlariga tushgan og’ir sinovlar ulkan Jomolungma tog’iga tushganda uni allaqachon yemirib tashlagan bo’larmidi? Nazira opaning va Ma’ruf boboning uch nafar qizlari, ikki nafar zabardastdek o’gillari bo’lgan. Vaqt o’tgach ular katta bo’lib, ota-onalarining qanotlari ostiga kirib, ularga tayanch bo’lgandilar. Oilaning to’ng’ich farzandi Faxriddin Farg’onadagi “Politexnicheskiy” institutiga o’z kuchi asosida kirib, 1-kursni o’qib yurgan paytlari edi. Ammo, qayerdandir urushning sovuq nafasi kelib, o’zi bilan oilaning to’ngich farzandi bo’lmish Faxriddinni Afg’onistonga olib ketdi. Oradan bir necha yillar o’tdi, urush tugay degan vaqtlar edi. Shu kun Faxriddindan bir xat keldi. Unda Faxriddinning tez kunlarda oilasi bag’riga sog’-omon qaytishi haqida yozilgandi. O’sha vaqtlarda oila quvonchi ichiga sig’masdi… Tun yarmidan oshgan bir palla edi. Yaralanganlarni qo’riqlash navbati Faxriddinga yetib kelgandi. Birdaniga bosmachilarning ovozi eshitilib qoldi. Hammani ogohlantirish uchun bor kuchi bilan yugurib, baqirayotgan Faxriddin bomba ostida qolib qo’l va oyog’idan ajralib, bu dunyoni tark etdi. Nima bo’lganini hech kim anglayolmay qoldi. Bosmachilarning rejasi ish bersa ham, ular yengildilar. Bosmachilar butunlay bo’ysindirilib, urush tugatildi. Bir necha kundan so’ng Faxriddin kapitani va quroldosh do’stlari bilan uyga, qo’lida qora xat bilan tobutda keldi. Faxriddinning bir kiprigi, qoshi kuygan xolda tinch va osoyishta, mangu uyquda yotardi. Hamma yoqni ona-i zorning yig’i aralash dod-faryodi larzaga keltirdi. Ona-i zorning dod ovozi Faxriddinni uyqudan uyg’ota olmadi. Sababi, Faxriddin oilasi bag’ridan ajralib, jannat ostonasiga qadam qo’ygandi. Endi Faxriddin uchun oilasining bag’riga yo’l ochuvchi eshiklar yopiq edi. Qancha suvlar oqdi, dardlar yuvildi. Anchadan keyin oilaning ikkinchi farzandi Manzura o’z kuchi bilan TASHMI (Toshkent shahar Med instituti) ga o’qishni qo’lga kiritdi. U yerni tugatib, Nazira opa singari yetuk mutaxasis shifokor bo’lib yetishdi. Ancha vaqt o’tgach, Manzura ham 2 go’zal qizlarning onasi, sarishtali uy bekasi bo’ldi. Endi oila me’yorda, osoyishta hayot kechirayotgandi ,ammo, qayerdandir bo’ronli shamol kelib, hayot charxpalagini teskari tomonga aylantirdi… Qayerdandir Manzura 30 yoshida ko’kragida hanuzgacha davosi noma’lum bo’lgan saraton kasalligi aniqlandi. Bu davosiz kasallik sekin-asta Manzuraning ichini yemirib, yotoqqa mixlab qo’ydi. Buni qarangki, hayot hech kimni avaylamas ekan. Yoshmi u, qarimi u sinovlarini yuboraverar ekan kunlardan birida yana o’sha sovuq o’lim nafasi begunoh 2 norasida qizlarni mehribon, sirdosh onasidan ayirib, ona mehriga zor qoldirdi. Axir bolalarda nima ayb ediki, ular ona mehriga zor qoldilar. Anchagacha qizlarning otasi uylanmay yurdi, ammo vaqt o’tgach qizlarini o’ylab uylanishga majbur bo’ldi. Keyinchalik ularga mehribon ayol onalik qila boshladi… Bir emas ikki farzand dog’i Nazira opaning yuraklarini yondira boshladi. Nazira opa qanchadan qancha Alpomishdek, Oybarchindek Vatanning ustuni bo’lmish kelajak avlodni dunyoga keltirishga qanchadan qancha hissalari tekkan bo’lsa ham, hayot bu insonni farzand dog’ida kuydirib o’tdi… Mehribon buvijonim shundan so’ng bir necha martalab og’ir kasalliklar tufayli kasalxonaga tushdilar. Necha martalab og’ir kasalliklarga bosh egmadilar. Necha haftalab, hatto, o’ylab o’zlarini bilmay bexush yotgan bo’lsalar ham, hayotga bo’lgan umidlari so’nmay uch oydan so’ng qayta oyoqqa turdilar. Shu fursatda Buxoroda, Toshkentda yotib davolandilar va yana qisman hayotga qaytdilar. Besh yildan so’ng yurak xastaligiga chalinib oyoqqa turishga bardoshlari yetmay, bu azobli dunyoni tark etib, go’zal va tashvishsiz dunyo tomon qadam qo’ydilar. Hech kimning boshiga buvijonim ko’rgan ko’rgiliklar tushmasin. Dunyodagi eng irodasi mustahkam, hayotga bo’lgan ishonchlari hech zamon so’nmagan inson bu-mening buvijonimdirlar. Mehribonim buvijonim, Mehri cheksiz beguborim, Uyimizning farishtsi, Ko’nglimizning chirog’isiz. Mehr berib o’stirdingiz Adolatni o’rgatdingiz Endi jannat uyingiz, Gul-u bo’ston yeringiz. Bulbullarning sho’x kuylari Siz uchun deb atalgandur Mehri cheksiz buvijonim Yuqorida tilga olganimizdek, keksalar hayotimizda muhim rol kasb etadilar. Ular bor ekanlar ,bizning uyimizdan baxt, omad, sog’lik va osoyishtalik kabi parilar arimaydi. Ular hayot atalmish teatrning ijobiy va salbiy rollarini bizdan ko’ra ko’proq ko’rib, uning achchiq va shirin ne’matlarini bizdan ko’ra ko’proq tatib ko’rganlar. Ularning hikmatli so’zlari orqali biz hayot atalmish murakkab o’yinning payti kelganda “bonus”larini havolanmay qabul qilamiz, payti kelganda esa, mag’lubiyatni ham adolatlik bilan yengamiz. Men hozir sizlarga qariyalarimizning hayotimizning qanchalik muhim bir bo’lagi ekanligini so’z orqali ifodalay olmayman. Keling, yaxshisi hayotimizni ularsiz tasavvur etaylik:ishdan, o’qishdan uyga qaytganda kim bizni kutib oladi? Kim biz uchun ovqatning eng mazali qismini saqlab qo’yadi? Kim bizni tushkunlikdan xalos etadi. Aytadigan bo’lsak, bunday gaplar juda ko’p. Barchamizga ma’lumki qarisiz uy -misoli, nursiz xonadon. Nursiz xonadonga esa, hech kimning qadam ranjida qilgisi kelmaydi. Unutmaylik ,ularning jasorati tufayli, biz bugungi tinch va osoyishta Vatan qo’ynida o’ynab, yashnab, kulib yuribmiz. Bunday keksalari doimo ulug’langan yurtga munosib farzand bo’laylik! Negaki, shunday jasur, mard ajdodlarimiz tufayli biz bugungi jahon miqyosida yetakchi o’rinlarni egallayotgan mustaqil O’zbekistonning rivojlangan asrida yashamoqdamiz. Shuning uchun shunday e’tirof va g’amxo’rlikka sazovor bo’layotgan keksalarimizni doimo e’zozlaylik! Buxoro viloyati G’ijduvon tumanidagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabining 8-“A”sinf o’quvchisi Karimova Marjona Telefon raqami: +99890 718-08-63
"Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri"
1.Mahalla obodligi. 2. Bobo va buvimning mahalladagi o ‘rni 3.Vatanparvarlik ruhini taraqqiy etgan bobo-buvilarimiz. Fayzli mahalla jamiyatning faxri. Mahalla obod bo’lsa, jamiyat farovon bo’ladi yurt esa ravnaq topadi. Obod mahallalar yurtga obodlik va fayz bag’ishlaydi. Millatning urf-odatlari, an’analari, udumlari aslida mahallada shakllanadi. Biz bu dargoh bag’rida bolaligimizdan boshlab tug’ilib, mana shu dargohda tarbiya olamiz.Millatimizda keksalarni hurmat kichiklarni izzat qilish kabi insoniy fazilatlar shakllantiriladi. Mahallani ko’rib insonlarning fazilatlarini, xulq-atvorini va odob-axloqini bilib olishimiz mumkin. Bir bolaga yetti mahalla ota-ona deganlaridek, mahallamizda farzandlar tarbiyasiga katta e’tibor qaratilgan. Mahallamizning faollaridan bo’lgan nuroniy bobojonlarimiz ba’zi-ba’zida mahallamiz o’g’lonlarini yonlariga olib pand-u nasihatlar qiladilar, agarda nojo’yi ish qilgan bo’lsalar bu ishlari xato ekanligini turli misollar bilan tushuntiradilar. Bu albatta biz yoshlarning kelajagimiz haqida o’ylashlaridan darak beradi.. Ularning bizga berayotgan tarbiyalari kelajak hayotimizda katta yordam beradi. Ularning bizlarga qilayotgan nasihatlari, aytayotgan ibratli so’z-u hikoyalari hayotimizda katta ahamiyatga egadir. Ularning har bir so’zlariga amal qilishimiz, ularni hurmat qilishimiz lozim. Ana shundagina qadr topamiz 2015 – yilni yurtboshimiz “Keksalarni e’zozlash “ yili deb e’lon qildilar. Ana shu munosabat bilan davlat dasturi e’lon qilindi. “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturining asosiy maqsadi, keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o‘rnini mustahkamlash maqsadida, qabul qilingan bo‘lib, bu o‘zbek xalqining tantiligidan yana millatimizning ko‘p asrlik tarixga ega odob axloqi va ma’naviy komilligidan darak beradi desam, to‘g’ri bo‘ladi. Davlat dasturda belgilab berilgan mahallalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkiliy tuzilmasida keksalar va nogironlarga doimiy e’tibor qaratadigan sektorni mustahkamlash, bunda ularga xizmat ko‘rsatadigan idora va xizmatlar, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy ta’minot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni nazarda tutish borasidagi ko ‘rsatmalar mamlakatimizda inson manfaatlari naqadar ulug’ligidan darak beradi. Xulosa o ‘rnida ta’kidlashim mumkinki, bobom va buvim faqatgina mahallada emas balki, O ‘zbekiston atalmish gul qiyorda qadr topdi ! Chirchiq shahridagi 5-sonli umumta’lim maktabi 9-“G” sinf o ‘quvchisi Salomov Faxriddin
"Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri"
“Bobom, buvim-mahallamiz faxri” Reja: 1. Obod mahallam 2. Mahallamizda keksalarning o ‘rni 3. Qarisi bor uyning, parisi bor 4. 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili” Bizning mahallamiz shahrimizning obro‘li, obod mahallalaridan biridir. Mahallamizning har bir joyi toza va ozoda, har bir xonadonida fayz-baraka, tinchlik-xotirjamlik hukm suradi. Bularning barchasi nuroniy otaxonlarimiz, munis onajonlarimiz tufaylidir. Ular juda maslahtgo ‘y va har ishda o‘zlari bosh-qosh bo‘lib turadilar. Ayniqsa,mahallamiz obodligiga hech ham befarq emaslar. mahallamiz obodligi, tincligiga barcha katta-yu kichik insonlar qo‘lidan kelganicha o ‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Mahallamizda keksalarning o ‘rni juda muhimdir. shu o ‘rinda ta’kidlash joizki, mening bobom va buvimning ham mahallamizda o‘rni bor. Mahallamizda hech bir inson ularning maslahatlarisiz biror ishga qo ‘l urmaydilar. Bobom va buvim barcha ishni o‘ylab qiladilar, doimo ularning gaplari to’g’ri chiqadi. Qachon qaramay, ularning qo ‘llari duoda. Ular vatanimiz tinchligi uchun duo qiladilar. Men ham biror ishda ikkilansam, ulardan darrov maslahat so ‘rayman. Xullas, bobom va buvimning mahallamizda o‘z o‘rinlari bor. Ular mahallamiz faxri desam mubolag’a bo ‘lmaydi. Ota-bobolarimiz aytganlaridek: “Qarisi bor uyning parisi bor”. Bunday deb bejizga aytilmagan. chunki, qarisis bor uy doimo tinch, osoyishta ayniqsam fayzli bo ‘ladi. chunki, keksalar yoshlardan ko ‘ra, nima yaxshi-yu, nima yomonligini juda yaxshi biladilar. shuning uchun ham, qarisi bor uyda qut-baraka bo ‘ladi, hech qachon janjal chiqmaydi. Bizning oilamizda ham, xuddi shunday. Bobom oilamiz tinchligini birinchi navbatda qo ‘riqlaydilar. Doimo, yaxshi gapirib, bizga nasihat qiladilar. Men bobom va buvimdan faxrlanaman. Prezidentimiz tashabbusi bilan, 2015-yil “keksalarni e’zozlasj yili” deb e’lon qilindi. shu bois, ushbu yilda vatanimizdagi barcha keksalarga o ‘zgacha e’tibor qaratildi. Ularga dam olish hamda davolanish uchun shart-sharoitlar yaratib berildi. Ayniqsa, 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ikkinichi jahon urushi ishtirokchilari va boshq keksalar uchun ham bayramlar tashkillashtirilib, sovg’a- salomlar topshirildi. Mening fikrimcha, keksalar bundan-da ko p’roq hurmat va e’tiborga loyiqdirlar. Chirchiq shahridagi 5-sonli umumta’lim maktabi 9-“G” sinf o ‘quvchisi Mansurov Botir
Mening bobom va buvim- mahallamiz faxri
Reja 1.Keksalar – davlatimiz. 2.Uyimiz farishtalari. 3. Mehridaryo insonlar.